Fakultetimiz afzalligi

Fakultetda o’quv-uslubiy ishlar universitet, kafedralar va o’qituvchilarining shaxsiy o’quv rejalariga muvofiq olib boriladi. Barcha o’quv-uslubiy ishlar o’quv jarayonini normal va sifatli ta’minlash, mashg’ulotlarni barcha tur va shakllarining ilmiy-nazariy va uslubiy darajasini oshirishga qaratilmoda. Kafedralarda o’quv-uslubiy qo’llanmalar, darslik va boshqa uslubiy qo’llanmalar tayyorlashga ham katta e’tibor berilmoqda. Tayyorlanayotgan darslik, o’quv qo’llanmala, ma’ruza matnlarida O’zbekiston Respublikasining mustaqilligiga, milliy mafkurasiga va iqtisodiyotni barqarorlashtirish va modernizatsiyalashga doir siyosiy hamda g’oyaviy jihatlar o’z ifodasini topgan. Yangi tayyorlangan o’quv qo’llanmalar, darslik va dasturlarda Milliy dastur va “Kadrlar tayyorlash to’g’risida”gi qonun talablari, mustaqil O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy hayotiga oid bo’lgan muammolar, ularning  echimlari kabi masalalarga keng e’tibor berilgan hamda hisobot ma’lumotlari tahlil qilingan.

Yangi o’quv rejasi talabalarning ko’proq individual va mustaqil ishlarga soatlar ajratishni taqazo qilishi tufayli kafedra jamoasi amaliy mustaqil ishlarni to’g’ri tashkil qilish maqsadida bu ishlarni rejalarini tuzish bilan birga ularni amalga oshirish uchun uslubiy qo’llanmalar tayyorlanmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardan mashg’ulotlar ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilmoqda. Mashg’ulotlarda keys texnologiyasidan keng foydalanish yo’lga qo’yilgan.

Fakultetda ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasiga alohida e’tibor qaratilmoda. Fakultet ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitiruv malakaviy ishlarining 45 foizdan ortig’i amaliyot korxonlari buyurtmalari asosida bajarilib, ularda    berilgan taklif va tavsiyalar dalolatnomalar asosida amaliyotga tadbiq etish uchun qabul ilingan.

Talabalar malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi itisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston Respublikasi iqtisodoyot vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Milliy bank hamda ko’plab tijorat banklari va bir qator qo’shma korxonalarda o’tkazib kelinadi.

 

Bizning talabalar ilm cho'qqilarni zabt etishga intilmoqda

Asosiy yo'nalishimiz zamonaviy mashhur korxonalar talabiga mos kadrlar tayyorlash

Fakultet talabalari xorijiy davlatlarda ham ta'lim olib kelmoqdalar

 

Nega aynan bizning fakultetda o'qish afzal?

  • Malakali professor o'qituvchilar.
  • Darsdan tashqari turli dam olish tadbirlari
  • Zamonaviy auditorialar
  • Elektron reyting tizimi. (fakultet saytida)
  • ijtimoiy qo'llab quvvatlash
  • Akademik muhit

Bizning fakultetimizda tahsil olgan talabalar turli banklarda ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

 

 

... ... ...