Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo’lga qo’yish, talaba yoshlarni davr talabi ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol g’oyasini ular ongiga singdirib borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish va bu borada turli-xil tadbirlarni o‘tkazish fakultetda muhim masalalardan biri hisoblanadi.

 

Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiya ishlari
quyidagi ustuvor yo’nalishlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan:

 

  • Ma’naviy va g’oyaviy barkamol, ijtimoiy faol mutaxassislarni tayyorlash, ularda milliy g’urur, vatanparvarlik va milliy manfaatlar uchun kurash ruhiyatini shakllantirish va ravnaq toptirish;
  • Xalqaro terorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyoxvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
  • Jamiyatdagi salbiy illatlar, ya’ni adolatsizlikka, ko’zbo’qyamachilikka, poraxo’qrlikka, tanish – bilishchilikka, mahalliychilikka va boshqa shu kabi salbiy oqibatlarga qarshi kurash;
  • Talaba yoshlar manfaatini himoya qilish, o’qish, ilm bilan shug’ullanish, sog’lom yashash uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • Milliy va diniy qadriyatlarni hurmat qilish va e’zozlash, uzoq o’tmishdan davom etib kelayotgan “Ustoz-shogird” milliy an’analarini ta’lim tizimida keng joriy etish va rivojlantirish;
  • Ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, kasbga bo’lgan hurmat va ijtimoiy ma’sullik hissini fakultet professor-o’qituvchilari va talaba yoshlari orasida keng tarib etish va rivojlantirish;
  • Talabalar ijtimoiy-siyosiy va xuquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanidiy va tahliliy fikrlashni kuchaytirish.
... ... ...