ilmiy ishlar

Ilmiy tadqiqot ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini va Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida fakultetda ilmiy  tadqiqot faoliyati samarali tarzda olib borilmoqda.

  Fakultet kafedralari professor - o’qituvchilari ilmiy saloxiyatini oshirishga doimiy etibor qaratilgan bo’lib. Hozirda, fakultet tarkibidagida kafedralarda 11 ta katta ilmiy hodim - izlanuvchilar va 20 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari doirasida ilmiy ish olib bormoqda. 2015-2016 yilda 10 ortiq fakultet tarkibidagi kafedra o’qituvchilari va tadqiqotchilari doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishni rejalashtirilgan.

Shuningdek, fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash va ularni izlanishlari hamda bilimlarini oshirish maqsadida fakultet qoshida “Marketolog”, “Yosh boshqaruvchi”, “Investor”, “Iqtidorli talabalar kengashi”, “Yosh bankirlar”, xorijiy tillarni o‘rganuvchi turli xil to‘garaklar tashkil etilgan. Buning samarasi natijasida ko‘plab talabalar respublika va universitet miqyosidagi turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, munosib taqdirlanib kelishmoqda.

Innovatsion ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan fakultetda innovatsion ishlar keng ko‘lamda amalga oshirmoqda. Fakultet tarkibidagi kafedra professor-o‘qituvchilari ko‘plab innovatsion loyihalar va tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

Fakultetda olib borilayotgan innovatsion ishlar:

  • Darslarni vaziyatli masala va topshiriqlar bilan boyitish;
  • Dars mashg’ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv, tanqidiy fikrlash usullaridan keng foydalanish;
  • Ma’ruza matnlarini avvaldan tarqatib, talabalarni mashg’ulotga tayyorlanib kelishiga erishish va ularning mavzuni o’zlashtirish darajasini tahlil qilib borish;
  • Dars mashg’ulotlarini munozara ko’rinishida o’tkazish;
  • Pedagogik texnologiyalar;
  • Keys texnologiyalar;
  • Elektron va virtual kutubxonadan foydalanish;
  • Elektron pochtadan foydalanish;
  • Videoma’ruzalar yaratish va videokonferentsiyalar o’qtkazish;
  • Global internet tizimidan foydalanish.
... ... ...