Yangiliklar

Umid Ahmadjonov

1107 Ko'rilgan Yangiliklar

Umid Ahmadjonov "Talabalar Kubogi - 2018" finalida ishtirok etdi

Tadbirda O'zbekiston futbol Associaciyasi, Milliy Olimpiya Qo'mitasi hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu futbol bayramida Milliy Olimpiya Qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etdi. Umid Ahmadjonov dastavval Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining sport hayoti bilan tanishib, bu erda talabalarga sport bilan shug'ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirdi.


SHuningdek, final uchrashuvini tomosha qilish uchun kelgan Xitoyda o'tgan Osiyo chempionati g'oliblari O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchilari, O'zbekiston MTJ murabbiylar kengashi azolari Mirjalol Qosimov, Timur Kapadze, Azamat Abduraimov, “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari Marat Bikmaev, Sardor Rashidovlarning tadbirdagi ishtiroki talabalar sport bayramiga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

 

Final bahsida Universitetning “Korporativ boshqaruv” va “Bank ishi” jamoalari o'zaro bellashdilar. “GO UZBEKISTAN” futbol ishqibozlari jamoasi (fan klubi) final ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlab, talabalar futbol bayramiga fayz kiritdi.

“Korporativ boshqaruv” jamoasini Mirjalol Qosimov, “Bank ishi” jamoasini esa Azamat Abduraimov bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushdilar.

Qiziqarli va murosasiz o'tgan final uchrashuvida “Korporativ boshqaruv” jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Final bahsining tanaffus vaqtida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Tohir Sodiqov, Zohirshoh Jo'raev, "Bojalar" guruhi kabi estradamiz yulduzlari o'z chiqishlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat baxsh etishdi.

Final bahsini FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi. Uchrashuvni taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziev sharhlab bordi.

Tadbir so'nggida “Talabalar Kubogi - 2018” futbol musobaqasining sovrindor jamoalariga Kubok, medallar, esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.

- - -