Yangiliklar

INDONEZIYADAGI OTM BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMLARI IMZOLANDI

562 Ko'rilgan Yangiliklar

INDONEZIYADAGI OTM BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMLARI IMZOLANDI

2018-yil 8-may kuni Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alit Santika janoblari va Indoneziya universitetlarining 32 nafar vakili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rasmiy tashrif buyurdilar.

Ushbu tashrif davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Indoneziyaning 7 ta oliy ta’lim muassasasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzolandi, shuningdek kelajakda samarali, mustahkam aloqalarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Gunadarma universiteti rektori, professor Margianti xonimga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori unvoni berildi. Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Bahodir Xodiyevga Gunadarma universiteti faxriy professori unvoni berildi.

- - -