Yangiliklar

20-noyabr

1489 Ko'rilgan Yangiliklar

20-noyabr

 

Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishi. Ilm-fan yoʻnalishida ham yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, oʻtgan yil dekabr oyida afgʻon mutaxassislari uchun Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi va IKARDA tomonidan paxtachilik selektsiyasi va agrotexnikasi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kursi tashkil etilgan.
Taʼlim. Joriy yilning 1-6 iyulь kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afgʻon fuqarolarini tayyorlash oʻquv markazida qishloq xoʻjaligi sohasidagi kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Afgʻoniston qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligidan 10 ga yaqin xodim ishtirok etdi.

Hozirgi kunda ikki mamlakat oʻrtasida 40 dan ziyod bitimlar imzolangan.
Bu hamkorlik shartlarining samarali amal qilishida mamlakatlarning tili, dini, anʼanalarining oʻxshashligi va yaqin qoʻshnichilik munosabatlarining mushtarakligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Soʻngi yillarda Afgʻoniston iqtisodiyoti birmuncha rivojlanib tashqi savdoda sezilarli yutuqlarga erishildi. Ushbu holatni Afgʻonistonni Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari bilan bogʻliqligini izohlash mumkin.
Hozirgi kunda Afgʻoniston YaIM 22 mlrd AQSh dollarinitashkil etadi. Shuni alohida takidlab oʻtish joizki, mamlakatning hozirgi siyosiy ahvoli iqtisodiyotning rivojlanishigi salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ammo Afgʻoniston Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikda ushbu muammolarni bartaraf etish choralarini yanada jadalashtirish yoʻlidan bormoqda.
Afgʻoniston tashqi savdoda Oʻzbekiston kabi meva-zabzavot mahsulotlarini eksport qilishda nisbiy ustunliklarga ega. Shuningdek, jahon bozorida afgʻon gilamlari nufuzining yuqoriligi barchangizga maʼlum boʻlsa kerak.
Hozirgi kunda Afgʻoniston va Oʻzbekiston hamkorligining eng asosiy yoʻnalishi zamirida havfsiz transport koridorini shakillantirish muammolariga yechim topish masalalari yotadi.

 

 

 

 

 

- - -