Yangiliklar

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI XODIMLARI MOSKVA DAVLAT UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRMOQDA

683 Ko'rilgan Yangiliklar

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI XODIMLARI MOSKVA DAVLAT UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRMOQDA

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilardan iborat xodimlarni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga malaka oshirish uchun yubordi. Malaka oshirish muddati ikki haftani tashkil etadi.
 
Joriy yilning 5-avgustidan 19-avgustiga qadar jami 15 nafardan iborat professor-o‘qituvchilar Moskva davlat universiteti bilan imzolangan o‘zaro kelishuvga binoan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni modellashtirish, istiqbol ko‘rsatkichlarni hisoblash va tanqidiy tahlil qilishning usul va vositalari bo‘yicha o‘z malakalarini oshiradi.
 
Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro hamkorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan professor-o‘qituvchilarning yuqori kasbiy mahorat va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash to‘g‘risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
 
     

- - -