Kafedralar

“Korporativ boshqaruv” kafedrasi

3205 Ko'rilgan Kafedralar

“Korporativ boshqaruv” kafedrasi

KAFEDRANING QISQACHA TARIXI

          “Korporativ boshqaruv” kafedrasiga 2008 yilda asos solingan. Kafedra O’zbekiston Respublikasi Mulk Qo’mitasi bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish” ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Ilmiy tadqiqot ishida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti professor-o’qituvchilari, O’zbekiston Respublikasi korxona, bank mutaxassislari, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazini professor-oqituvchilari ishtiroq etmoqdalar. O’quv rejasi va dasturlari Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda shakillantirilgan.

 

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

Bugungi kunda kafedrada 18 ta professor o’qituvchilar mehnat qilmoqda shu jumladan 1 ta  professor, 6 ta dotsent va 8 assistentlar. Kafedra professor o’qituvchilari  Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o’z malakalarini oshirgan.

Kafedraning pedagog-xodimlari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan hamda namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda magistratura bo‘yicha 6 ta fandan, bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 12 ta fandan ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda tasdiqlangan o‘quv-rejaga asosan kafedra tomonidan bakalavriatda 10 ta fandan ma’ruza hamda amaliy darslar olib borilmoqda. Jumladan:

Bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishida o’qitilayotgan asosiy kasbiy va ixtisoslik fanlari:

  • Korporativ boshqaruv nazariyasi
  • Korporativ boshqaruv: printsip va amaliyot
  • O’zbekiston mulkiy islohatlar nazariyasi va amaliyoti
  • Korporativ boshqaruvning xalqaro standartlari
  • Raqobat siyosati
  • Monopoliyaga qarshi boshqaruvning institutsional asoslari
  • Xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi siyosati;
  • Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi
  • Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash
  • Zamonaviy korporativ boshqaruv
  • Xalqaro infratuzilma

 

Kafedra tayyorlayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchilari mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari, ularning filiallari, O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat ko’mitasi, O’zbekiston qimmatli qogozlar bozorini muvofiqlashtirish va  rivojlantirish markazi, “Uzeltexsanoat”,  tashkilot va korxonalarda mas’ul lavozimlarda ishlashlari mumkin.

 

ILMIY TADQIQOT ISHLARI

Kafedrada bir qator ilmiy izlanuvchilar yetuk professor olimlar rahbarligi ostida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Jumladan, 2017 yilda kafedradagi bir nafar mustaqil izlanuvchining fan doktori (DSc) hamda to’rt nafar mustaqil izlanuvchilarning falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish bo’yicha dissertatsiya himoyalari rejalashtirilgan.

O‘tgan yillar davomida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda monografiyalar chop etildi.

Hozirgi kunda “Korporativ boshqaruv” kafedrasi qoshida iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan “Yosh boshqaruvchi” to’garagi muntazam ravishda faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat ko’mitasining yetakchi iqtisodchi olimlar va amaliyotchilar ishtirokida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muammoli ma’ruzalar doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Kafedra dunyoning rivojlangan xorijiy mamlakatlarida oliy ta’lim tizimini ijobiy tajribasini o’z faoliyatiga tatbiq etish maqsadida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalar hamda hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

 

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

Kafedra tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib borilishi yo’lga qo’yilgan. Jumladan, talabalar turar joyida “Kafedra haftaliklari” muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga talabalar bilan birgalikda tashriflar uyushtirib turiladi.

 

KAFEDRANING INNOVATSION FAOLIYATI

Kafedra tomonidan O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat ko’mitasi va “Uzeltexsanoat” bilan uzoq muddatli innovatsion korporativ hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Ushbu inovatsion hamkorlik doirasida professor-o’qutuvlar stajirovkasi va talabalar amaliyoti tashkil etilgan.

 

 

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100003, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy.

Tel: (99871) 239-28-30

E-mail: uzcorpgov2017@umail.uz

 

 

 

 

 

 

 

KAFEDRA O'QUV  PROSPEKTLARINI YUKLAB OLISH 

 

 

 

 

 

 

  Yuklab olish