Kafedralar

“Bank ishi” kafedrasi

2355 Ko'rilgan Kafedralar

“Bank ishi” kafedrasi

Bank ishi” kafedrasi

 

Bank ishi” kafedrasining tashkil etilishi.

“Bank ishi” kafedrasi Respublika bank-moliya tizimini takomillashtirish yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va ushbu soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1991 yil 10 martdagi Ilmiy Kengash qaroriga asosan dastlab “Xalqaro valyuta–kredit munosabatlari” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan.

2005 yilda kafedra nomi “Bank ishi” va 2011 yilda “Bank ishi va korporativ moliyalar” deb o’zgartirildi. 2014 yil aprel oyidan “Bank ishi” kafedrasi deb o’zgartirildi.

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan bakalavriatda “Bank ishi” yo’nalishida 10 ta mutaxassislik fanlari va magistratura mutaxassisliklariga 7 ta maxsus fanlardan dars o’tiladi.

Kafedraning ilmiy salohiyati

Kafedraga 1991-2002 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, professor S.A. Berjanov, 2003-2008 yillarda iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov, 2008-2011 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent I.R.Toymuhamedov, 2011-2015 yillarda iqtisod fanlari doktori, professor N.G’. Karimov, 2015-2016 yillarda i.f.n. R.Tojiev, 2016 yilda iqtisod fanlari doktori, professor N.G’. Karimov va 2017 yildan boshlab i.f.n. dots. F.N.Nasriddinov mudirlik qilib kelmoqda. Kafedraning bosh maqsadi iqtisodiyotimiz uchun ma’naviy barkamol, malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda bank - moliya sohasidagi mavjud muammolarning echimlariga qaratilgan kompleks ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdan iborat. Kafedrada quyidagi yo’nalishlarda mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda:

  • Bakalavriat yo’nalishida:

5230700 - “Bank ishi

  • Magistratura bosqichida:

5A230701 - Bank ishi (pul muomalasi va kredit)

5A230603 - Investitsiyalarni boshqarish  (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Bugungi kunda kafedrada 39 ta professor o’qituvchilar mehnat qilmoqda shu jumladan 2 ta  professor, 11 ta dotsent, 16 ta katta o’qituvchilar va 10 assistentlar. Kafedra professor o’qituvchilari AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Slovakiya, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o’z malakalarini oshirgan.

Kafedraning pedagog-xodimlari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan hamda namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda magistratura bo‘yicha 7 ta fandan, bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta fandan ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Hozirgi kunda tasdiqlangan o‘quv-rejaga asosan kafedra tomonidan bakalavriatda 10 ta fandan ma’ruza hamda amaliy darslar olib borilmoqda.

“BANK ISHI”

 kafedrasida o’qitiladigan fanlar

Bakalavriatda

5230700 - “Bank ishi”

Fanlarning nomi

1.      

Pul va banklar

2.      

Investitsiya

3.      

Bank texnologiyalarini avtomatlashtirish tizimi

4.      

Banklarda buxgalteriya hisobi

5.      

Bank ishi

6.      

Halqaro valyuta-kredit munosabatlari

7.      

Mutaxassislikka kirish

8.      

Pul kredit orqali muvofiqlashtirish

9.      

Bank auditi

10.  

Bank operatsiyalarini sug’urtalash

 

Magistratura

5A230701-“Bank ishi (pul muomalasi va kredit)”

Fanlarning nomi

1.      

Naqd pulsiz hisob-kitoblar va to’lov tizimi

2.      

Monetar siyosat

3.      

Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar

4.      

Tijorat banklari resurslarini boshqarish

 

5A230603 - Investitsiyalarni boshqarish  (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

Fanlarning nomi

1.      

Investitsiya siyosati

2.      

Loyihaviy moliyalashtirish

 

 

Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedrada bir qator ilmiy izlanuvchilar yetuk professor olimlar rahbarligi ostida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Jumladan, 2017 yilda kafedradagi bir nafar mustaqil izlanuvchining fan doktori (DSc) hamda besh nafar mustaqil izlanuvchilarning falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish bo’yicha dissertatsiya himoyalari rejalashtirilgan.

O‘tgan yillar davomida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan 100dan ortiq darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda monografiyalar chop etildi.

Hozirgi kunda “Bank ishi” kafedrasi qoshida iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan “Istiqlol bankirlar” to’garagi muntazam ravishda faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, bank tizimida ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olimlar va amaliyotchilar ishtirokida bank tizimidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muammoli ma’ruzalar doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Kafedra dunyoning rivojlangan xorijiy mamlakatlarida oliy ta’lim tizimini ijobiy tajribasini o’z faoliyatiga tatbiq etish maqsadida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Slovakiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalar hamda hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

 

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedra tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib borilishi yo’lga qo’yilgan. Jumladan, talabalar turar joyida “Kafedra haftaliklari” muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga talabalar bilan birgalikda tashriflar uyushtirib turiladi.

 

Kafedraning innovatsion faoliyati

Kafedra tomonidan “Ipoteka-bank”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Xalq banki”, “Qishloq Qurilish bank” va “Asia Alliance bank” aktsionerlik tijorat banklari bilan uzoq muddatli innovatsion korporativ hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Shu bilan “Ipoteka bank” ATIB va ATB “Invest finance” banklar bilan hamkorlikda “Innovatsion bank o’quv xonasi” tashkil qilingan. “Ipoteka bank” ATIB va ATB “Invest finance” bankning amaliyotchi xodimlari ushbu bank xonasida talabalarga amaliyotda bank-mijoz o‘rtasida olib borilayotgan barcha operatsiyalarni o‘rgatib bormoqdalar. Bundan tashqari, AT “Xalq banki” ham o‘z bank xonasini ochgan.

 

 

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100003, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy.

Tel: (99871) 239-01-41

E-mail: kafbikm@tdiu.uz

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KAFEDRA O'QUV  PROSPEKTLARINI YUKLAB OLISH

 

  Yuklab olish