Kafedralar

Menejment kafedrasi

2458 Ko'rilgan Kafedralar

Menejment kafedrasi

"Menejment" kafedrasi

TDIU “Menejment” kafedrasiga 1990 yilda asos solingan bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlariga bakalavr va magistr mutaxassislarini tayyorlaydi. 2016-2017 o‘quv yilida kafedrada 13 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib borib, undan 2 ta professor, 5 ta dotsent, 6 ta katta o‘qituvchi, 2 ta assistentdan iborat professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatdi.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Kafedraning bakalavriat va magistratura bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar 3-4 ilovalarda keltirilgan. O‘quv dasturlari 2015 yil 7 yanvarda OO‘MTV tomonidan tasdiqlangan. Ishchi o‘quv dasturlari 2016 yili 12 avgustda tasdiqlanib, o‘quv jarayoniga joriy etilgan.

 

Bakalavriatda:

 

  1. Menejment
  2. Strategik menejment
  3. Ijtimoiy menejment
  4. Ishlab chiqarish menejmenti
  5. Xalqaro menejment
  6. Innovatsion menejment
  7. Sifat menejmenti
  8. Menejment. Marketing
  9. Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi
  10. Yengil sanoat texnologiyasi
  11. Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish

 

Magistraturada:

 

1.Tadbirkorlik menejmenti

2.Operatsion menejment

3.Moliyaviy menejment

4.Strategik boshqarish

5.Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi

6.Tizimli menejment nazariyasi

 

 Ilmiy – tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy salohiyati hozirgi kunda 2 ta iqtisod fanlari doktori, professor, 5 ta dotsent, 7 ta katta o‘qituvchi, 2 ta assistent va 1 doktorantdan iborat bo‘lib, 46 foizni tashkil etadi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ishlab chiqarish korxonalari, jumladan, “O‘zbekyengilsanoat” AJ, “Texnolog” AJ, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnika zavodi” AJ, “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJida mavjud muammolarni o‘rgangan holda bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari shakllantirildi va bajarildi.

Kafedrada 7 ta ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi va amalga oshirildi. Bular:

  1. “O‘zbekyengilsanoat” AJ
  2. “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJ
  3. “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” MChJ
  4. “O‘zbekiston Respublikasi tovar xom ashyo birjasi” AJ
  5. “ONIKS” AJ
  6. “Texnolog” AJ
  7. “O‘zeltexsanoati” AJ

Mazkur korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq, nazariya bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyalashuv jarayoni davom etmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ularga pullik xizmatlar ko‘rsatilmoqda, xo‘jalik shartnomalari bajarilmoqda. Buning barobarida har yili bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiya mavzulari yangilanadi va korxonalar tomonidan tasdiqlanadi.

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

O‘zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlash, mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbijalash har bir professor-o‘qituvchilarning eng ustuvor vazifalaridan biridir.

Ushbu o‘quv yilida “Menejment” kafedrasi professor o‘qituvchilari universitet, Korporativ boshqaruv fakulteti miqyosida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashdi.

Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar ongi va qalbiga vatanparvarlik, o‘z xalqi va millatiga sadoqat, iymon, diyonat, kamtarinlik, samimiyat, adolat, mehr-shavqat, e’tiqod, poklik, halollik, bag‘rikenglik, qonunga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat kabi ma’naviy barkamol inson fazilatlarini singdirish jarayonida turli vositalardan foydalanib kelinmoqda. Dars jarayonida berilgan bilim orqali talabalar munavvar etilmoqda.

 

Kafedraning innovatsion faoliyati

*Talabalarga berilayotgan bilim, ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar sifatini yaxshilash hamda ularga axborot resurs markazi manbalaridan keng va unumli foydalanishga ko‘maklashish ishlari olib borildi;

*Guruhida o‘qitilayotgan fanlar darslariga talabalar davomati monitoringini olib borish, talaba yoshlar bilimini oqilona baholash ishlari muntazam ravishda olib borildi;

*Talabalarning o‘z ustida ishlashini tashkil etish, ularga berilayotgan bilimlarni o‘zlashtirishni nazorat qilish, o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabaga yordam uyushtirish, qo‘shimcha darslar va maslahatlar tashkil etish ishlari olib borildi;

*Iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni tayyorlash hamda ilmiy to‘garaklar va klublarga jalb qilish ishlari olib borildi;

*Talabalarni xalqaro grantlar va loyihalarida qatnashishlariga ko‘mak berish va rag‘batlantirish ishlari tashkil etildi;

*Iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga tavsija etish, iqtidorli talaba yoshlarga maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop ettirishda yordam ko‘rsatish hamda “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘limi bilan hamkorlik qilish ishlari olib borildi.

 

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100003, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy.

Tel: (99871) 239-28-49

E-mail: kafmen@tdiu.uz

KAFEDRA O'QUV PROSPEKTLARINI YUKLAB OLISH

 

Save

Save

Save

Save

- - -