ilmiy innovatsion

“Pragmatik siyosat – mintaqaviy va global integratsiya” mavzusida tashkil etilgan seminar

1352 Ko'rilgan ilmiy innovatsion

“Pragmatik siyosat – mintaqaviy va global integratsiya” mavzusida tashkil etilgan seminar

2019 yil 23 - oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mamlakatimizning xorijda tajrib aoshirib kelgan taniqli ekspertlaridan biri, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida faoliyat yuritib kelayotgan maʼruzachi s.f.d., Mahmudov U.B. hamda “Iqtisodiy rivojlanish forumi” koordinatori Abralov M.M. ishtirokida seminar darsi tashkil etildi. “Pragmatik siyosat – mintaqaviy va global integratsiya”mavzusida tashkil etilgan seminar darsida universitet professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi. Oʻzbekistoning YevroOsiyo Ittifoqiga aʼzo boʻlishi, jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik shartlarini muvofiqlashtirilishi va qoʻshni mamlakatlar bilan geosiyosiy vaziyatlarni hal etilishi masalalari talabalar tomonidan berilgan savollarning asosiy mazmunini tashkil etdi.

TDIU «Jahon iqtisodiyoti» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirni  kafedra mudiri dots.  Ismailova N.S. kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminar oxirida bunday tadbirlarni kelajakda doimiy oʻtkazish va maʼruzachilar bilan ilmiy amaliy hamkorlikni saqlab qolish toʻgʻrisida kelishib olindi.

Ilmiy seminar qizg’in bahs-munozaralar ruhida o’tdi. Barcha ma’ruzalar yig’ilganlarda yuqori qiziqish uyg’otdi va katta taassurot qoldirdi.

- - -