ilmiy innovatsion

Jahon iqtisodiyoti kafedrasi muammoli ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi

1191 Ko'rilgan ilmiy innovatsion

Jahon iqtisodiyoti kafedrasi muammoli ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi

"Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi tomonidan
“Globallashuv sharoitida xalqaro transport koridorlaridan samarli foydalanish – Oʻzbekistonning xorijiy sarmoyalarni jalb etish omili sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ilmiy – amaliy seminar 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari”ni atroflicha oʻrganish doirasida tashkil etilib, Dastur boʻyicha yetakchi amaliyotchi-mutaxassislar, professor oʻqituvchilar hamda tegishli mutaxassislik boʻyicha magistr talabalarning ilmiy xulosalarini muhokama qilish, ilmiy seminar yakunida tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqishni maqsad qilgan.
Ilmiy - amaliy seminarni kirish soʻzi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyot” kafedrasi mudiri N.S. Ismailova ochib berib, ushbu ilmiy-amaliy seminar tashkil etilishidan asosiy maqsad amaliyotdagi muammolarga ilmiy yechim topish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari bilan innovatsion korporativ hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, universitetimiz talabalarini tobora amaliy bilim va koʻnikmalarini shakllantirish orqali respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishga oʻz hissamizni qoʻshishdan iborat deb taʼkidladi.
Soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining bosh mutaxassisi Rustam Ergashev soʻzga chiqib “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish yoʻlida soliq tizimiga investitsion soliq kreditini joriy etish masalalari” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza qilish davrida soliq tizimidaa investitsion soliq kreditini joriy etishning oʻziga xosligi, mazmun va mohiyati hamda uni Oʻzbekiston itqiodiyotida joriy etishning tartibi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi. Mavzuga oid savollar talabalar tomonidan, professor oʻqituvchilar tomonidan berilishi qizgʻin bahs munozaralarga sabab boʻldi.

Seminarda “Oʻzbekistondagi erkin iqtisodiy hududlarning samaradorligini oshirishda logistikaning ahamiyati va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida kafedra doktoranti Nazar Nazarov maʼruza qildi. Shuningdek, maʼruzachi mamlakatimizda faoliya yuritayotgan erkin iqtisodiy hududlarning iqtisodiy tahlili, samaradorligi va istiqbolli rejalarini batafsil yoritdi.
Interfaol tarzda tashkil etilgan mazkur seminarda yana bir kafedra oʻqituvchisi Zikriyoyev Aziz soʻzga chiqib bir nechta savollarga javob berdi.
1-savol. Oʻzbekitonning qishloq xoʻjalik mahsulotlarini eksport qilishdagi muammolar nimalardan iborat.
2-savol. Xalqaro transport korridorlarining jahon savdosidagi ahamiyati va istiqbollari.
3- savol. Oʻzbekiston uchun yangi transport yoʻnalishlarini kashf etish muammolari haqidagi savollarga oʻqituvchi javob berdi.
Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollariga ham toʻxtaldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Avtomobilь yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobilь transporti agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzavtoyoʻl” aktsiyadorlik kompaniyalarining uzoq muddatli hamkorligid aynan ushbu seminarning amaliy ahamiyatini boyitdi.

Anjumanning asosiy maqsadi – xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar, transport uyushmalari, transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan yangi transport koridorlarini shakllantirish va takomillashtirish boʻyicha muloqotni har tomonlama rivojlantirishdir. Bu haqda Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda aytib oʻtildi.

Ilmiy-amaliy seminar yakunida bir nechta xulosa va takliflar berilib, ularning yechimlari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari belgilab olindi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olayotgan bakalavr yoʻnalishi talabalari hamda magistratura tinglovchilari ushbu ilmiy-amaliy seminarda qatnashgan kompaniyalarda kelajakda amaliyot oʻtashi boʻyicha kelishuvga erishildi.

- - -