ilmiy innovatsion

Rossiya Federatsiyasining Moliya universiteti bilan hamkorlik

1336 Ko'rilgan ilmiy innovatsion

Rossiya Federatsiyasining Moliya universiteti bilan hamkorlik

2015-yil 7-iyul kuni ta'lim dargohimizga Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti Kaluga filiali professori Gennadiy Saxarov rasmiy tashrif bilan keldi. Mehmonni universitetimiz rektori Mahmudjon Boltaboev samimiy qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘z ta'lim muassasalari, ta'lim berish jarayonlari, o‘quv, ilmiy-tadqiqot sohasida erishgan yutuqlari xususida o‘zaro ma'lumot almashdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti Kaluga filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasi muhokama qilindi. Muhokamalar chog‘ida aytib o‘tilganidek, ushbu hamkorlik o‘z ichiga ta'lim, fan va madaniyat yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, har ikki tomonning ta'lim va ilmiy-tadqiqot ishlari darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv so‘ngida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti Kaluga filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishib oldilar.

Shundan so‘ng professor G. Saxarov universitet tarixi muzeyi, Axborot resurs markazi faoliyati, universitetda tahsil olish uchun sharoitlar, o‘quv auditoriyalari bilan yaqindan tanishdi va yuqori baho berdi.

- - -