ilmiy innovatsion

“Islom banki va moliyasi”  mavzusida  onlayn seminar-trening bo‘lib o‘tdi

1507 Ko'rilgan ilmiy innovatsion

“Islom banki va moliyasi” mavzusida onlayn seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Tadbirni “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri dots. N.Ismailova kirish soʻzi bilan ochib berib, xozirgi kunda jahon xamjamiyatida islom moliyasi va bankining nufuzi hamda ahamiyati ortib borishi mamlakatimiz aholisi va xorijiy tadbirkolar uchun ham yangi bir imkoniyatlarning ochilishi haqida fikr yuritdi. Aslida ham islomiy moliya tarmogʻi bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini oʻzida jamlagan sohalardan biri boʻlib qolmoqda. Shunday ekan, eng avvalo, bunday moliyalashning anʼanaviy banklardan farqi nimada ekanini aniqlab olish kerak boʻladi.

 

Anʼanaviy banklarda kredit olgan boʻlsangiz sharoitingiz boʻladimi, yoʻqmi, oʻz vaqtida toʻlash kerak, yoʻqsa, jarima yozilib, ogʻir ahvoldagi tadbirkorni sinishiga olib keladi. Shuning uchun, baʼzi doʻstlarim qiynalib qolsa ham bankdan kredit olmaydi. Islom moliyasiga kelsak, ularning oddiy bankka nisbatan koʻproq xizmatlari bor ekan. Xususan, ularda har bir shaxsga alohida yondoshuv bor ekan. Yaʼni tuzilgan qarz shartnomasi bank uchun ham, mijoz uchun ham bir xilda foydali boʻladi. Agarda bu moliyalash tizimi yurtimizga kirib kelsa, potentsial oshadi. Yaʼni omonat foizini “sudxoʻrlik“ deb hisoblovchilar ham oʻz mablagʻini tikadi va naqd pul operatsiyasi oshadi deydi maʼruzachi.
Maʼruza soʻngida talabalar tomonidan berilgan islom banki va moliyasi haqida savollarga mazmunli javoblar olishdi.

Shundan so‘ng seminar mavzusi bo‘yicha bahs-munozaralarga o‘tildi. Seminar so‘nggida seminar ishtirokchilari ma'ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi.  Muammoli ilmiy seminar bahs-munozaralarga boy bo‘ldi va qatnashchilarda katta taasurot qoldirdi.

 

- - -