Kafedralar

Jahon iqtisodiyoti kafedrasi

1484 Ko'rilgan Kafedralar

Jahon iqtisodiyoti kafedrasi

“Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy Kengashining 1993 yil 9 va 22 apreldagi qaroriga muvofiq chiqarilgan buyruqqa asosan 1993 yil 3 mayda “Xalqaro iqtisodiy rivojlanish” kafedrasi tashkil qilindi.

1998 yilda kafedra nomi “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, 2010 yil 1 martda “Xalqaro iqtisodiyot” deb o‘zgartirildi.

“Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kengashining qarori bilan 2017 yilda qayta tashkil etildi.

Bugungi kunda kafedra:

5A231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar,

5A231101 – “Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)” 

5A231102 – “Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi mustaqil kafedra sifatida faoliyat olib bormoqda.

Kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent N.S.Ismailova 2017 yil iyul oyidan boshlab raxbarlik qilib kelmoqda.

Kafedrada Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, OO‘MTVlari buyruqlari, hay’at qarorlari va modemnomalari ijrosini ta’minlash mexanizmi yaratilgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.

Ushbu mutaxassisliklarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va uning tarkibiy tuzilmalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qo‘mitasi;

- Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari;

- Aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar, assotsiatsiyalar, konsernlar va uyushmalar;

- Tijorat banklari;

- Nodavlat va notijorat tashkilotlar;

- Ilmiy tadqiqot markazlari, loyihalash institutlari va ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari.

 Ilmiy salohiyat

Hozirgi kunda kafedrada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda 3 ta professor, 5 ta dotsent va 5 ta katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning xalqaro hamkorligini rivojlantirish doirasida Yaponiyaning Xokkaydo universiteti professori Masato Hivatari va Fransiyaning Gavr universiteti professori P’er Shaballar kafedra professor- o‘qituvchilariga seminar trening o‘tkazib, kelgusida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Xokkaydo va Gavr universitetlari o‘rtasidagi imzolanadigan memorandum doirasida o‘zaro aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Yaponiya xukumati xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Xalqaro savdo yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis Naruse Jiro ikki o‘quv yili davomida kafedrada o‘z faoliyatini olib borib, “Jahon iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisliklari bo‘yicha yetuk magistrlar tayyorlashda ishtirok etadi. Shu bilan birga, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Biznes inkubator markazi direktori Ruslan Mamedov tomonidan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Xalqaro biznes strategiyasi” mavzusida master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

- - -