Fakultet haqida » Yo'nalishlar

Fakultetda o’quv-uslubiy ishlar universitet, kafedralar va o’qituvchilarining shaxsiy o’quv rejalariga muvofiq olib boriladi. Barcha o’quv-uslubiy ishlar o’quv jarayonini normal va sifatli ta’minlash, mashg’ulotlarni barcha tur va shakllarining ilmiy-nazariy va uslubiy darajasini oshirishga qaratilmoda. Kafedralarda o’quv-uslubiy qo’llanmalar, darslik va boshqa uslubiy qo’llanmalar tayyorlashga ham katta e’tibor berilmoqda. Tayyorlanayotgan darslik, o’quv qo’llanmala, ma’ruza matnlarida O’zbekiston Respublikasining mustaqilligiga, milliy mafkurasiga va iqtisodiyotni barqarorlashtirish va modernizatsiyalashga doir siyosiy hamda g’oyaviy jihatlar o’z ifodasini topgan. Yangi tayyorlangan o’quv qo’llanmalar, darslik va dasturlarda Milliy dastur va “Kadrlar tayyorlash to’g’risida”gi qonun talablari, mustaqil O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy hayotiga oid bo’lgan muammolar, ularning  echimlari kabi masalalarga keng e’tibor berilgan hamda hisobot ma’lumotlari tahlil qilingan.

Fakultetda ushbu yo'nalishlar mavjud

  • Bank ishi
  • Korporativ boshqaruv
  • Jahon iqtisodiyoti
  • Menejment
  • Iqtisodiyot (infratuzilma)
  • Xizmatlar sohasi (tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish)

 

... ... ...