Yutuqlarimiz

2014-2015 o'quv yilida “Yilning eng yaxshi fakulteti” nominasiyasi g'olibi.

“Marketing (tovarlar va xizmatlari)” ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabasi Soxibov Ilyos Djuraevich O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi.

“Iqtisodiyot (infratuzilma)” ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi Xoliqova Ruxsora Sanjarovna O'zbekiston Respublikasi Navoiy davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli qaroriga asosan mutaxassislik fanlarining chet tilida olib borilishini ta'minlash maqsadida yangi tarkibdagi 8ta iqtidorli talabalar guruhlari tashkil etildi.

2 nafar talabamiz 2014 yilda “Erasmus Mundus” tashkiloti tomonidan o'tkazilgan grand loyihasining bakalavr dasturi bo'yicha stipendiya sovrindori bo'ldi.

Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'liqligini takomillashtirish maqsadida “Innovasion bank o'quv markazi” tashkil qilindi. Bundan asosiy kutilayotgan natija banklar ish faoliyatida uchraydigan operasiyalarni to'g'ridan to'g'ri talabalarga o'rgatishdir.

Fakultet qoshida “Axborot resurs markazi” tashkil qilindi. Unda fakulьtetda o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv adabiyotlari mavjud hamda 4ta zamonaviy kompьyuterlarda elektron darsliklar o'rnatilgan. Axborot resurs markazida fakultet professor-o'qituvchilari, talabalar va tadqiqotchi o'z ilmiy izlanishlarini olib boradilar.

Fakultetning bitiruvchi bosqich talabalari bilan Respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklar o'rtasida o'zaro aloqa o'rnatilib, suhbat asosida bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash masalalari ko'rildi, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va turli tijorat banklari bitiruvchilarimizni ishga qabul qildilar. Bundan tashqari 2,3,4-bosqich talabalarining turli Davlat idoralari va tijorat banklarida malakaviy amaliyot o'tash uchun yuborilmoqda.

2015 yil 24 yanvar kuni “O'zbekiston Respublikasi zamonaviy bank tizimi va uning rivojlantirish yo'nalishlari” mavzusid Markaziy bank kredit axboroti milliy instituti direktori N.E.Xolmurodov bilan ochiq dars tashkil etildi.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi tomonidan 2015 yil 23 aprelь kuni “Milliy brendlarni shaklllantirish asosida O'zbekiston iqtisodiyotini innovasion rivojlantirish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

“Bank ishi” kafedrasi tomonidan 2015 yil 30 aprel kuni “Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida bank-moliya tizimida innovasion xizmatlarni rivojlantirish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

“Korporativ boshqaruv” kafedrasi tomonidan 2015 yil 16 may kuni “Korporativ boshqaruv: Samaradorlik va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

“Korporativ boshqaruv” kafedrasi tomonidan 2015 yil 3 fevral kuni Germaniyaning Bremerxafen amaliy fanlar universiteti prorektori professor Gerxard Feldmeyer va professor Ulrix Ekart Sandlerlar bilan ilmiy seminar tashkil etildi.

2015 yil 17 fevralda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika ma'naviyat targ'ibot markazi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorlikda universitetning “Bank ishi” fakulьteti talabalari uchun “O'zbekiston Respublikasi bank tizimi: kecha, bugun va istiqbolda” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi, unda O'zbekiston bank tizimning mustaqillikka qadar holati va hozirgi zamonaviy bank tizimining qiyosiy tahliliga asoslangan ma'ruzalar taqdimoti bo'lib o'tdi.

2015 yil 2 mayda “Marketing” kafedrasi tomonidan “Iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda marketing konsepsiyasidan foydalanish” mavzusida ilmiy seminar o'tkazildi.

Muntazam ravishda “Muruvvat” nogiron bolalar uchun 1-son internat uyiga fakulьtet talabalari tomonidan sovg'alar bilan tashrif buyuriladi.

2015 yil 13 yanvar kuni 14 yanvarь – Vatan himoyachilari kuni va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi hamda “Keksalarni e'zozlash yili”ga bag'ishlab “Vatan himoyasi – muqaddas burch” shiori ostida ma'naviy-musiqiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston halq artistlari va xizmat ko'rsatgan artistlar ishtirok etdilar.

2015 yil 5 mart kuni 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuniga bag'ishlangan ma'naviy-musiqiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar ishtirok etdilar.

“Keksalarni e'zozlash yili” xamda 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati”ga barcha 1-kurs talabalari tashrif buyurdilar, pansionatda istiqomat qilayotgan yakka-yolg'iz qariya va nogironlar holidan xabar olib qaytdilar.

 

Boshqa mukofotlar va nominatsiyalar

... ... ...