Fakultet haqida

Fakultet haqida

 

"Korporativ boshqaruv" fakulteti Universitetning eng ilg'or fakultetlaridan biridir. Zamon talabiga mos mutaxassislar tayyorlab beradi. Bizning fakultetda talabalar yangi akademik hayot bilan tanishadilar. Malakali ustozlar va yangi do'stlar orttiradilar.

 

Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Aynan shu jihatdan ham mamlakatimizning moliya-bank tizimi jarayonida faoliyat yurituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 1990 yil 28 apreldagi 270-sonli buyrug’i bilan “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti tashkil topgan. 2011 yil 3 oktyabrdan “Investitsion faoliyat” va 2013 yil 2 yanvardan universitetning 1-sonli buyrug’iga asosan fakultet nomi “Bank ishi” fakulteti deb nomlandi. Rektorning 2016 yil 11 iyuldagi 195-sonli buyrug'iga asosan fakultet nomi "Korporativ boshqaruv" fakulteti deb nomlandi..

Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda universitetning 170 dan ortiq professor-o’qituvchilari xizmat ko’rsatmoqda. Bugungi kunda fakultet tasarrufida 5 ta, ya’ni “Bank ishi”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat”, “Korporativ boshqaruv”  “Marketing” va “Jaxon tillari” kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu kafedra professor - o’qituvchilari Rossiya, AQSH, Malayziya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va shu kabi boshqa davlatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’z malakalarini oshirib kelgan.

 

Bizning talabalar ilm cho'qqilarni zabt etishga intilmoqda

Asosiy yo'nalishimiz zamonaviy mashhur korxonalar talabiga mos kadrlar tayyorlash

Fakultet talabalari xorijiy davlatlarda ham ta'lim olib kelmoqdalar

 

 

Save

Save

... ... ...