Fakultet haqida » Fakultet tarixi

"KORPORATIV BOSHQARUV" fakulteti tarixi

Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Aynan shu jihatdan ham mamlakatimizning moliya-bank tizimi jarayonida faoliyat yurituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 1990 yil 28 apreldagi 270-sonli buyrug’i bilan “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti tashkil topgan. 2011 yil 3 oktyabrdan “Investitsion faoliyat” va 2013 yil 2 yanvardan universitetning 1-sonli buyrug’iga asosan fakultet nomi “Bank ishi” fakulteti deb nomlangan. Rektorning 2016 yil 11 iyuldagi 195-sonli buyrug'iga asosan fakultet nomi "Korporativ boshqaruv" fakulteti deb nomlandi.

Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda universitetning 120 dan ortiq professor-o’qituvchilari xizmat ko’rsatmoqda. Bugungi kunda fakultet tasarrufida 5 ta, ya’ni “Bank ishi”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat”, “Korporativ boshqaruv”  “Marketing” va “Jaxon tillari” kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu kafedra professor - o’qituvchilari Rossiya, AQSH, Malayziya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va shu kabi boshqa davlatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’z malakalarini oshirib kelgan.

 

O’quv-uslubiy ishlar

Yangi o’quv rejasi talabalarning ko’proq individual va mustaqil ishlarga soatlar ajratishni taqazo qilishi tufayli kafedra jamoasi amaliy mustaqil ishlarni to’g’ri tashkil qilish maqsadida bu ishlarni rejalarini tuzish bilan birga ularni amalga oshirish uchun uslubiy qo’llanmalar tayyorlanmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardan mashg’ulotlar ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilmoqda. Mashg’ulotlarda keys texnologiyasidan keng foydalanish yo’lga qo’yilgan.

Fakultetda ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasiga alohida e’tibor qaratilmoda. Fakultet ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitiruv malakaviy ishlarining 45 foizdan ortig’i amaliyot korxonlari buyurtmalari asosida bajarilib, ularda    berilgan taklif va tavsiyalar dalolatnomalar asosida amaliyotga tadbiq etish uchun qabul ilingan.

Talabalar malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston Respublikasi iqtisodoyot vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Milliy bank hamda ko’plab tijorat banklari va bir qator qo’shma korxonalarda o’tkazib kelinadi.

 

Bizning talabalar ilm cho'qqilarni zabt etishga intilmoqda

Asosiy yo'nalishimiz zamonaviy mashhur korxonalar talabiga mos kadrlar tayyorlash

Fakultet talabalari xorijiy davlatlarda ham ta'lim olib kelmoqdalar

 

 

 

 

Save

... ... ...